Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan ommaviy yurish marafoni o‘tkazildi
13.11.2025 soat 16:57UchrashuvlarMatbuot50
18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida ommaviy yurish ma’rifiy marafoni tashkil etildi. Tadbirda institutning professor-o‘qituvchilari hamda talabalari faol ishtirok etdilar.
Mazkur marafon Vatan ramzlariga hurmat va sadoqat ruhini yuksaltirish, yoshlar qalbida milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi.








