
Polşa Respublikasi, Varşava şahridan psixologiya fanlari böyiça professor Lubiewska Katazyna Ewa Kattaqörğon davlat pedagogika institutiga amaliy taşrif buyurdi.
Amaliy taşrif doirasida professor Pedagogika fakulteti professor-öqituvçilari hamda talabalari bilan uçraşuv ötkazdi. Uçraşuv jarayonida psixologiya sohasidagi zamonaviy ilmiy yondaşuvlar, xorijiy tajribalar va amaliy işlanmalar yuzasidan fikr almaşildi.
Şuningdek, kelgusida özaro ilmiy-amaliy hamkorlikni rivojlantiriş, qöşma loyihalar taşkil etiş va malaka oşiriş dasturlarini yölga qöyiş borasida kelişuvlarga erişildi.
Mazkur amaliy taşrif ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlaş hamda pedagogika va psixologiya sohasida ilmiy salohiyatni oşirişga xizmat qiladi.