
Kattaqörğon davlat pedagogika institutida 18-noyabr – Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilingan kun munosabati bilan “Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” şiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir taşkil etildi.
Tadbirda institut rahbariyati, professor-öqituvçilar hamda talaba-yoşlar iştirok etdi. Dastur doirasida bayroqning yaratiliş tarixi, undagi rang va ramzlarning mazmun-mohiyati badiiy sahna körinişi orqali ifoda etildi. Şuningdek, tadbir davomida davlat ramzlarining ahamiyati, ularning mustaqil davlat timsoli sifatidagi örni va tarixiy qimmatiga doir maʼlumotlar berildi.
Taʼkidlanganidek, bayroq – xalqning şaʼni, ğururi va mustaqilligimizning yorqin ramzi bölib, uni eʼzozlaş har bir fuqaroning muqaddas burçidir.