
Maktabgaça va maktab taʼlimi vaziri hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining yoşlar, ota-onalar hamda pedagoglarni giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlaridan ogohlikka çaqirişga qaratilgan
QÖŞMA MUROJAATI
Qadrli yoşlar, mehribon ota-onalar va muhtaram ustozlar!
Farzand — insonning dunyodagi eng aziz neʼmati. Ota-ona böliş juda katta baxt. Şuning uçun ota-ona bolasini köz qorasiday asraydi, himoya qiladi. Bolasiga yaqinlaşgan har qanday balodan himoya qiliş uçun köksini qalqon qiladi. Maʼnaviyatli öğil-qizlar buni yaxşi bilgan holda aziz ota-onalarini boşlariga kötarib, ardoqlaydilar.
Azizlar!
Bu zamonda yoşlarga köz tikkan tahdidlar köp. Şulardan biri– giyohvandlik balosi. Ming afsuski, mamlakatimizda ham ayrim yoşlar bilib yoki bilmay, vaqtinçalik “zavq” izlab yoxud oson pul topay, deb bu illatga aralaşib qolib, özlarining kelajagini barbod qilmoqdalar. Bolalarimizni bu balodan himoya qilişga otlanaylik. Aks holda u yoşlarimizning nafaqat soğligini, balki bölajak oilalarni, hattoki butun jamiyat kelajagini barbod qiladi. Şunday ekan, har birimiz bu illatga qarşi qatʼiy va birlaşgan holda kuraşişimiz zarur.
Ardoqli yoşlar!
Sizdagi soğlom fikr, kuçli iroda, bilimga taşnalik — mamlakatimiz kelajagining asosidir. Heç qaçon “bir marta sinab köraman” deb özingizni aldamang. Giyohvand moddalar hayotingizni kemiruvçi zahar, ertangi orzularni öğirlovçi illat ekanligini unutmang. Giyohvandlik hamda narkojinoyatçilik har bir insonga va oilasiga baxtsizlik olib keladi. Butun jamiyatning osoyiştaligiga putur yetkazadi.
Hurmatli ota-onalar!
Farzandlarimizga eʼtiborli bölaylik! Ularga har kuni ğamxörlik va mehr körsataylik. Ular bilan oçiq muloqot qilaylik, tinglaylik va muammolaridan boxabar bölaylik. Yoşlarga yaxşi fazilatlarni örgatib, yomon odatlarni tark etişni, şuningdek, töğri va notöğri işlarni farqlaşni örgataylik. Ularning qalbida mehr, işonç va maʼnaviyat bölsa, heç qaçon töğri yöldan adaşmaydilar.
Jigarbandlarimizni giyohvandlik balosidan asraşimiz uçun barçamiz ogoh va huşyor bölib, birgalikda kuraşişimiz lozim.
Muhtaram ustozlar!
Yoş avlodni tarbiyalaşda sizning rolingiz beqiyos. Taʼlim muassasalarida soğlom turmuş tarzini tarğib etiş, giyohvandlikning salbiy oqibatlarini yoşlar ongiga yetkaziş — bugungi kunning dolzarb vazifasidir. Har bir dars, har bir suhbat yoş qalbda soğlom fikr va masʼuliyat tuyğusini uyğotişi lozim. Şogirdlarimizni öz farzandlarimizdek asraşimiz lozim!
Barçamiz birlaşaylik! Мillat xoinlari bölmiş narkojinoyatçilarga murosasiz va keskin munosabatda bölib, ularga qarşi kuraşişda huquqni muhofaza qiliş organlariga faol kömaklaşaylik.
❗️Unutmang! Özbekistonning tinç va soğlom kelajagi – har birimizning bugungi hamjihatligimiz va qatʼiy harakatimizga boğliq!