Asosiy mazmunga o'tish
Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo'lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
REKTOR TALABALAR TURAR JOYIDAGI SHAROITLAR BILAN TANISHDI

REKTOR TALABALAR TURAR JOYIDAGI SHAROITLAR BILAN TANISHDI

22.10.2026 soat 17:44YangiliklarRektorat49

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti rektori Sherzod Urakov 2-son talabalar turar joyiga tashrif buyurib, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va mavjud imkoniyatlar bilan tanishdi.

Tashrif davomida talabalar turar joyidagi yashash sharoitlari, xonalar holati hamda talabalarning kundalik hayoti uchun yaratilgan qulayliklar o‘rganildi. Talabalar uchun munosib yashash muhitini ta’minlash, ularning ehtiyojlarini o‘z vaqtida hal etish va turar joydagi sharoitlarni yanada yaxshilash masalalariga e’tibor qaratildi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli topshiriqlar berilib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Qo'shimcha rasmlar4

Ulashish: