Yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan asrash – dolzarb vazifa
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi o‘rni. Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda tinchlik va osoyishtalikni asrash, diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash, yoshlarni turli yot g‘oyalar va buzg‘unchi mafkuralar ta’siridan himoya qilish, internet va ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish, shuningdek, jaholat hamda ekstremistik qarashlarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Kattaqo‘rg‘on shahri bo‘yicha bosh mutaxassisi B.Qodirov mavzu yuzasidan ma’ruza qildi. Ma’ruzada tinchlik va barqarorlikning inson hamda jamiyat hayotidagi ahamiyati, yoshlarning hushyor va ogoh bo‘lishi, turli tahdidlarga qarshi mustahkam mafkuraviy immunitetni shakllantirish zarurligi haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, yot g‘oyalarning salbiy ta’siri va ularning oldini olishga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi. Tadbirda talabalar o‘rtasida Ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash bo‘yicha rektor maslahatchisi S.Tursunov hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘linmasi rahbari Q.Boykalonov ishtirok etdi.
Mazkur tadbir yoshlar qalbida milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash, ularning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, turli mafkuraviy tahdidlarga nisbatan ogohlikni oshirish hamda jamiyatda tinchlik va barqarorlikni asrashga xizmat qiladi.
Boshqa yangiliklar
REKTOR TALABALAR TURAR JOYIDAGI SHAROITLAR BILAN TANISHDI22.10.2026
Erta turmush va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning tibbiy oqibatlari muhokama qilindiKattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida erta turmush, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh hamda kam uchraydigan kasalliklarning kelib chiqish omillariga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir institutning Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G.Shokirova hamda institut psixologlari G.Innatullayeva va Z.Xidirova tashabbusi bilan tashkil etildi. Salomatlik va strategik rivojlantirish instituti xodimlari shifokorlar D.Eshmonova, J.Eshnazarov va A.Patapenko mavzu yuzasidan ma’ruzalar qildilar. Ma’ruzalarda erta turmushning reproduktiv salomatlikka ta’siri, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohda avlodda ayrim irsiy kasalliklarning yuzaga kelish xavfi, shuningdek, kam uchraydigan (orfan) kasalliklarning kelib chiqish sabablari haqida tibbiy ma’lumotlar berildi. Shifokorlar irsiy kasalliklar xavfini baholashda tibbiy-genetik maslahatning ahamiyati, nikoh va farzand rejalashtirish masalalarida tibbiy savodxonlikni oshirish hamda kelajak avlod salomatligini muhofaza qilish zarurligiga alohida e’tibor qaratdilar.22.10.2026
O‘rikzor mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi22.10.2026











