Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo'lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Kattaqo'rg'on davlat pedagogika institutiKattaqo'rg'on davlat pedagogika instituti
☰
Institut
Yangiliklar
Tuzilma
Faoliyat
Qabul
Talabalarga
Grantlar
Korrupsiyaga qarshi kurashBitiruvchi kasbiy kompetensiyalarini baholash
Bitiruvchi kasbiy kompetensiyalarini baholash
← Orqaga
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYADA INSTITUTIMIZ PSIXOLOGI MA’RUZA QILDI

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYADA INSTITUTIMIZ PSIXOLOGI MA’RUZA QILDI

24.11.2025 soat 09:58Davra suhbatlariMatbuot19

Buxoro davlat tibbiyot institutida “Zamonaviy psixolog: muammo va yechimlar” mavzusiga bag‘ishlangan Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida psixologiya fanining rivojlanishi, amaliyotda uchrayotgan muammolar hamda ularni bartaraf etishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqishga doir tahliliy fikrlar ilgari surildi.
Anjumanda turli oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, ilmiy izlanuvchilari va amaliyotchi psixologlari ishtirok etib, zamonaviy psixologik jarayonlarga oid dolzarb mavzularda ma’ruzalar taqdim etdilar.
Konferensiya doirasida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti psixologi Muxtasam Sulaymonov “Addiktiv xulq-atvorli talaba-yoshlar bilan psixokorreksion va psixoprofilaktik ishlarni tashkil etishning zamonaviy mexanizmlari” mavzusida tahliliy ma’ruza qildi.