
STEAM-integratsiyalashgan ta’lim bo‘yicha ijodiy ko‘rgazma tashkil etildi
Maktabgacha va Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi dotsenti Z.Nazarova tomonidan “STEAM–integratsiyalashgan ta’lim” mavzusida trening mashg‘uloti o‘tkazildi. Mashg‘ulot jarayonida talabalar tomonidan tayyorlangan ijodiy ko‘rgazmalar namoyish etildi.
Ko‘rgazmada quyidagi guruhlarning ijodiy ishlari va mustaqil ta’lim jarayonida bajargan topshiriqlari taqdim qilindi:
• Pedagogika 23-11 guruhi
• Boshlang‘ich ta’lim 23-14 guruhi
• Maktabgacha ta’lim 24-05 guruhi
Talabalar o‘z ishlari mazmunini sharhlab berib, STEAM yondashuvidagi loyiha faoliyatining ahamiyati, kreativ fikrlashni rivojlantirishdagi o‘rni, amaliy ko‘nikmalar bilan bog‘liqligini yoritib berdilar.
Mazkur trening mashg‘uloti talabalarni yangi pedagogik texnologiyalar bilan tanishtirish, ijodiy yondashuvni kuchaytirish va STEAM asosida integrativ darslarni loyihalash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qildi.








