AKSILKORRUPSIYA OYLIGI DOIRASIDA “OCHIQ ESHIKLAR KUNI” TASHKIL ETILDI
“9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan Aksilkorrupsiya oyligi doirasida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Elbek Xudoyqulov, “Kattaqo‘rg‘on tongi” gazetasi muharriri Jamshid Nosirov, shuningdek, Kattaqo‘rg‘on shahar IIB katta tergovchisi Sherzod Xo'jaqulov ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida ma’ruzachilar korrupsiyaning jamiyat va ta’lim tizimiga ko‘rsatadigan salbiy ta’siri, uni oldini olishda yoshlarning o‘rni, halollik tamoyillariga amal qilishning ahamiyati borasida talabalarga batafsil tushunchalar berdilar. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amaldagi qonunchilik, shaffoflik prinsiplarini ta’minlash mexanizmlari ham yoritib o‘tildi.
Tadbir talabalarda huquqiy madaniyatni oshirish, halollik va adolatga sodiqlik ruhini mustahkamlashga xizmat qildi.







