
ILMIY SALOHIYAT YO‘LIDAGI IZLANISH: O‘QITUVCHIMIZ MOSKVADA STAJIROVKADA
28.11.2025 soat 09:33Ilmiy faoliyat yangiliklariMatbuot32
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi J.Javxarov Moskva davlat pedagogika institutida malaka oshirish stajirovkasini o‘tamoqda.
Mazkur stajirovka davomida u zamonaviy ta’lim texnologiyalari, innovatsion pedagogik yondashuvlar va fanlarni o‘qitishning ilg‘or metodikalarini o‘rganmoqda. Ushbu xalqaro tajriba o‘qituvchining kasbiy mahoratini yanada oshirish, o‘quv jarayoniga yangi metodikalarni joriy etish hamda institutimiz ilmiy salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.






