
Mehr va e’tibor bilan to‘la uchrashuv
03.12.2025 soat 16:29TashriflarMatbuot19
3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti talabalari, institut rahbariyati, Yoshlar ittifoqi koordinatori, “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari hamda ko‘ngilli volontyorlar Kattaqo‘rg‘on shahridagi 5-maktab internatiga tashrif buyurdilar.
Maktab-internatda bolalar uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etilib, quvonchga boy konsert dasturi namoyish etildi. Tadbir davomida imkoniyati cheklangan bolalarga sovg‘alar ulashildi, ularning yuzida tabassum, qalbida esa quvonch uyg‘otildi.
Mazkur tashrif mehr, e’tibor va ezgu niyatlar mujassamlangan unutilmas uchrashuvga aylandi.






