
IJRO INTIZOMINI TA’MINLASH BO‘YICHA MUHIM TOPSHIRIQLAR BELGILANDI
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida fakultetlar va kafedralarda ijro intizomini kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda ijro intizomini samarali tashkil etish, hujjatlar ijrosini belgilangan muddatlarda va sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan bir qator muhim topshiriqlar belgilab olindi.
Yig‘ilishda Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi tomidan amaldagi ijro jarayonlari, mavjud kamchiliklar hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan zarur chora-tadbirlar yuzasidan batafsil axborot berildi.
Mazkur topshiriqlar institut boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish, hujjatlar ijrosining uzluksiz monitoringini yo‘lga qo‘yish, mas’ul xodimlar tomonidan belgilangan muddatlarga qat’iy rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirishga qaratilgandir.





