
Kattaqörğon davlat pedagogika instituti va Kazan Federal Universiteti örtasida özaro hamkorlikni mustahkamlaş hamda akademik aloqalarni rivojlantirişga qaratilgan memorandum loyihasi yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda. Mazkur memorandum ikki tomonlama hamkorlikni kengaytiriş, xususan öqituvçilar va talabalar almaşinuvi, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantiriş, qöşma loyihalarni amalga oşiriş hamda malaka oşiriş dasturlarini yölga qöyişni nazarda tutadi.
Kelişuv doirasida muntazam ravişda onlayn uçraşuvlar taşkil etilib, samarali hamkorlikni yölga qöyiş uçun zarur taşkiliy masalalar muhokama qilinmoqda. Tomonlar özaro aloqalarni yanada mustahkamlaş, taʼlim va ilmiy salohiyatni oşirişga qaratilgan taşabbuslarni qöllab-quvvatlaşga tayyor ekanliklarini bildirmoqdalar.