
SPORT KLUBI QOSHIDAGI KURASH TUGARAGI FAOLIYATIDAN
06.12.2025 soat 11:02Sport klubiMatbuot36
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Sport klubi qoshida faoliyat yuritayotgan Kurash tugaragi o‘z ishini samarali davom ettirmoqda. Tugarak a’zolari muntazam ravishda mashg‘ulotlarda qatnashib, kurash bo‘yicha o‘z mahoratlarini oshirmoqda, shuningdek, turli sport musobaqalarida faol ishtirok etish orqali jismoniy tayyorgarliklarini mustahkamlash bilan birga, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilmoqda.
Mazkur faoliyat Prezidentning 2024-yil 20-dekabrdagi “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va ommalashtirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-450-son qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlashga qaratilgan.






