
TALABALAR YOLG‘IZ KEKSA NURONIYLARGA KO‘MAK KO‘RSATDI
06.12.2025 soat 09:47Yoshlar ittifoqi faoliyatiMatbuot24
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti koordinatorlari va volontyorlari yolg‘iz yashovchi keksa nuroniylar holidan xabar oldi.
Tashabbus doirasida institut talabalari nuroniylarning uylariga borib, ular uchun zarur bo‘lgan kundalik yumushlarda ko‘mak ko‘rsatdi. Suhbatlar qurib, nuroniylarning dildagi istak va tilaklarini tingladi, mehr-muhabbat bilan ko‘ngillarini ko‘tardi.
Keksa nuroniylar ko‘rsatilgan e’tibor va g‘amxo‘rlikdan mamnun bo‘lib, duo qildi. Mazkur xayriya tashabbusi institutning ijtimoiy mas’uliyatini oshirish hamda jamiyatda mehr-oqibat fazilatlarini mustahkamlashga qaratilgan ezgu ishlari doirasida amalga oshirildi.




