Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi
10.12.2025 soat 15:43YangiliklarMatbuot26
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Filologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti tomonidan “Madhiyamiz – millat faxri” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davlat madhiyasining ijrosi bilan boshlandi. Dastur davomida talaba-yoshlar tomonidan badiiy sahna ko‘rinishlari, musiqiy chiqishlar hamda she’riy kompozitsiyalar namoyish etildi.
Mazkur tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tib, ishtirokchi yoshlarning qalbida Vatan madhiyasiga nisbatan g‘urur, hurmat va ehtirom tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.









