Giyohvandlikka qarshi videoselektorda institut jamoasi qatnashdi
Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-207-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Bugun soat 10:00 da Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Millat genofondi va yoshlar salomatligini himoya qilish: giyohvandlikka qarshi ustuvor yo‘nalishlar” mavzusida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev ishtirok etib ma’ruza qildi.
Videoselektor tarzida tashkil etilgan mazkur tadbirda Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti birinchi prorektori, dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar, yoshlar yetakchilari, profilaktika inspektori, psixologlar hamda talaba-yoshlar Zoom platformasi orqali qatnashdilar.






