
TALABALARNING YASHASH SHAROITLARI O‘RGANILDI
15.12.2025 soat 09:29YangiliklarMatbuot24
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Raqamli texnologiyalar va iqtisodiyot kafedrasi professor-o‘qituvchisi Nilufar Ibragimova hamda yo‘nalish tyutorlari tomonidan hovli joylarda ijarada yashayotgan talabalarning turar joylari o‘rganildi. O‘rganish jarayonida talabalarning yashash sharoitlari, uy-joylarning sanitariya-gigiyena talablariga hamda yong‘in xavfsizligi me’yorlariga muvofiqligi alohida e’tibor bilan tekshirildi.
Institut talabalari uchun qulay va xavfsiz yashash muhitini ta’minlash doimo ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.










