Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo'lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Kattaqo'rg'on davlat pedagogika institutiKattaqo'rg'on davlat pedagogika instituti
☰
Institut
Yangiliklar
Tuzilma
Faoliyat
Qabul
Talabalarga
Grantlar
Korrupsiyaga qarshi kurashBitiruvchi kasbiy kompetensiyalarini baholash
Bitiruvchi kasbiy kompetensiyalarini baholash
← Orqaga
Bitiruvchilar bandligini ta’minlashga qaratilgan “Karera kuni” tadbiri o‘tkazildi

Bitiruvchilar bandligini ta’minlashga qaratilgan “Karera kuni” tadbiri o‘tkazildi

16.12.2025 soat 14:44YangiliklarMatbuot33

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida bitiruvchi talabalar hamda ish beruvchilar ishtirokida “Karyera kuni” tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbirda Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi o‘rinbosarlari Shaxlo Kuchkarova va Jasur Ganiyev, Kattaqo‘rg‘on shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi mutaxassisi Qahramon Sanayev, shuningdek, shahar hududidagi umumta’lim maktablari hamda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlaridan iborat ish beruvchilar qatnashdi.
Tadbirni institutning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Sirojiddin Elmonov olib bordi.
Tadbir davomida mas’ullar tomonidan oliy ta’lim tashkiloti talabalari va ish beruvchilarni raqamli “Karera markazi” platformasi (careercentre.uz)da ro‘yxatdan o‘tkazish orqali bitiruvchilarni ishga joylashtirish, talabalarga mustaqil ish topish, rezyume tayyorlash, suhbatlarga tayyorgarlik ko‘rish hamda vakansiyalar platformalaridan samarali foydalanish bo‘yicha tushunchalar berildi.
Bitiruvchi talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislar va ish beruvchilardan batafsil javoblar oldilar. Ish beruvchilar esa kadrlarni ishga qabul qilish jarayonida e’tibor qaratiladigan jihatlar, bilimli va malakali mutaxassislarni tanlab olish mezonlari haqida fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Mazkur tadbir bitiruvchi talabalar bandligini ta’minlash, ularning mehnat bozoriga moslashuvini kuchaytirish hamda ish beruvchilar bilan samarali hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

🖼 Qo'shimcha rasmlar (4)