
TALABALARIMIZ CEFR SERTIFIKATINI QO‘LGA KIRITDI
16.12.2025 soat 10:33YangiliklarMatbuot122
Filologiya va ijtimoiy fanlar fakultetining Xorijiy til va adabiyot yo‘nalishi 3-bosqichida tahsil olayotgan to‘rt nafar talaba CEFR xalqaro til sertifikati imtihonida muvaffaqiyatli ishtirok etib, C1 va B2 darajadagi sertifikatlarga ega bo‘lishdi.
Mazkur natija talabalarimizning chet tilini puxta egallaganliklari, ularning bilim va ko‘nikmalari xalqaro talablar darajasiga mos ekanini yana bir bor tasdiqlaydi. Bu yutuq, shuningdek, fakultet professor-o‘qituvchilarining samarali mehnati va ta’lim jarayonida yaratilgan qulay sharoitlarning amaliy samarasidir.
Talabalarimizni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz hamda kelgusida ularga yanada yuksak marralarni zabt etishlarini tilab qolamiz.





