
MANGUGA QOLADI USTOZ TAQDIRI
Pedagogika fakulteti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim kafedrasi dotsenti Qo‘chqor Tursunovning hayoti va ilmiy faoliyatiga bag‘ishlangan ‘Manguga qoladi ustoz taqdiri’ mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi.
Tanlov Pedagogika fakulteti dekani professor A.Saidov, kafedra mudiri dots. T.Eshquvvatov hamda kafedra o‘qituvchisi D.Ganiyeva tomonidan tashkil etildi. Insholar tanlovining asosiy maqsadi shundan iboratki: “Ba’zan inson umrini o‘lchash uchun yillar yetarli bo‘lmaydi. Uni taroziga solish uchun esa tarbiyalangan shogirdlar, yoqilgan ilm chiroqlari, qalblarda qolgan izlar kerak bo‘ladi. Ana shunday umr egalaridan biri – fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Qo‘chqor Tursunovdir.”
Ushbu tanlov orqali talabalar ustozlarining ilmiy merosi, hayotiy faoliyati va tarbiyaviy xizmatlarini yodga olib, ularni qadrlashga va hurmat qilishga chaqiriladi.




