
Indoneziyalik o‘qituvchi Debby Putri master-klasslar o‘tkazdi
22.12.2025 soat 10:31Ilmiy faoliyat yangiliklariMatbuot20
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Indoneziyalik mutaxassis, o‘qituvchi Debby Putri bilan oylik maosh (haqbay) asosida dars mashg‘ulotlarini olib borish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Ushbu shartnoma doirasida Debby Putri tomonidan Raqamli texnologiyalar va iqtisodiyot kafedrasi talabalari uchun dars mashg‘ulotlari hamda master-klasslar tashkil etildi.
Mashg‘ulotlar jarayonida talabalar zamonaviy bilimlar va xalqaro tajribalarni egallash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Darslar interaktiv shaklda o‘tkazilib, amaliy mashg‘ulotlar bilan boyitildi. Ushbu darslar talabalar uchun kelgusidagi ta’lim jarayoni va kasbiy faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi.



