
Pedagogik imidjga doir ilmiy monografiya nashr etildi
29.12.2025 soat 12:45Ilmiy-tadqiqiot faoliyatiMatbuot17
Pedagogika fakulteti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi Ozoda Saidovaning “Bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik imidj shakllantirishning psixologik xususiyatlari” nomli ilmiy monografiyasi nashr etildi.
Mazkur ilmiy tadqiqotda bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik imidjni shakllantirishning psixologik omillari, ularning kasbiy faoliyatdagi o‘rni va ahamiyati keng qamrovda tahlil etilgan. Ushbu monografiya ta’lim tizimida pedagogik va psixologik kompetensiyalarni rivojlantirish, zamonaviy ta’lim yondashuvlarini amaliyotga joriy etish hamda o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.


