
Britaniya Kengaşining Özbekistondagi vakolatxonasi mamlakatda bölajak ingliz tili öqituvçilarini tayyorlaş (PRESETT) tizimini modernizatsiya qiliş hamda ingliz tili öqituvçilari professional tarmoğini qöllab-quvvatlaş borasida tizimli islohotlarni amalga oşirmoqda.
2026-yil 6-7-yanvar kunlari Britaniya Kengaşi hamkorligida Özbekistonda faoliyat yurituvçi hamda bölajak ingliz tili öqituvçilarini tayyorlovçi 50 dan ortiq davlat va nodavlat oliy taʼlim muassasalari vakillari iştirokida Milliy forum bölib ötdi. Forumda PRESETT tizimini modernizatsiya qilişning ustuvor yönalişlari, mavjud muammo va qiyinçiliklar muhokama qilindi. Mazkur forumda Kattaqörğon davlat pedagogika instituti professor-öqituvçilari ham faol iştirok etdilar.
Forum doirasida refleksiv amaliyot, inklyuziv taʼlim hamda PRESETT amaliyotlar hamjamiyati faoliyatini kuçaytirişga qaratilgan trening maşğulotlari taşkil etildi. Şuningdek, iştirokçilarga modul (fan) dasturlarini baholaş amaliyotlariga moslaştiriş böyiça metodik materiallar va vositalar jamlanmasi taqdim etildi hamda ularni öz oliy taʼlim muassasalarida tatbiq etiş va ommalaştiriş belgilandi.