
Bugun Kattaqörğon davlat pedagogika institutida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va Özbekiston xalqiga yöllagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini professor-öqituvçilarga yetkaziş hamda keng tarğib etiş maqsadida öquv-seminarning ikkinçi kuni bölib ötdi.
Tadbir davomida Özbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi öqituvçisi, tarix fanlari böyiça falsafa doktori Y.Xolxöjayeva Prezident Murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor yönalişlar, jumladan, iqtisodiy ösişni taʼminlaş, ijtimoiy sohalarni rivojlantiriş, taʼlim va madaniyatni mustahkamlaş, aholi farovonligini oşiriş, korrupsiyaga qarşi kuraş hamda davlat boşqaruvini takomillaştiriş masalalari yuzasidan atrofliça maʼruza qildi.
Maʼruzada Murojaatnomada mamlakat iqtisodiyotida erişilgan ijobiy natijalar, eksport salohiyatining oşgani, investitsiya muhitining yaxşilangani, şuningdek, moliyaviy barqarorlikni mustahkamlaşga qaratilgan çora-tadbirlar alohida taʼkidlandi.
Tadbir yakunida Prezident Murojaatnomasida ilgari surilgan taşabbuslar mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy va ilmiy rivojlanişiga xizmat qilişi, şuningdek, uning mazmun-mohiyatini çuqur anglaş va amaliyotga tatbiq etişda bunday tarğibot tadbirlarining muhim ahamiyatga ega ekani taʼkidlandi.