Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo'lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Kattaqo'rg'on davlat pedagogika institutiKattaqo'rg'on davlat pedagogika instituti
☰
Institut
Yangiliklar
Tuzilma
Faoliyat
Qabul
Talabalarga
Grantlar
Korrupsiyaga qarshi kurashBitiruvchi kasbiy kompetensiyalarini baholash
Bitiruvchi kasbiy kompetensiyalarini baholash
← Orqaga
REKTOR O‘RIKZOR MAHALLASIDA YOSHLAR MUAMMOLARINI O‘RGANDI

REKTOR O‘RIKZOR MAHALLASIDA YOSHLAR MUAMMOLARINI O‘RGANDI

08.01.2026 soat 14:39YangiliklarMatbuot22

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshiriladigan davlat dasturi to‘g‘risidagi PF–37-son Farmonining 1-bandi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-martdagi 30/1-2003-sonli topshiriq xatiga muvofiq, “Yoshlar balansi” asosida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat ishtirokidagi korxona va tashkilotlar hamda oliy ta’lim muassasalari rahbarlariga “og‘ir” toifadagi, shuningdek, iste’dodli va iqtidorli yoshlarni biriktirish belgilangan.
Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash, “og‘ir” toifadagi hamda iste’dodli va iqtidorli yoshlarning muammolarini tizimli ravishda o‘rganish va ijobiy hal etish, ularning hayotda munosib o‘rin egallashlariga ko‘maklashish maqsadida, reja-grafikka asosan Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti rektori Sherzod Urakov Kattaqo‘rg‘on shahridagi O‘rikzor mahalla fuqarolar yig‘iniga borib, mahalla Yoshlar yetakchisi bilan xonadonma-xonadon yurib o‘ziga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolari, ularning salohiyatini yuzaga chiqarish, talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarga yo‘naltirish orqali bandligini ta’minlash, hayotda munosib o‘rin egallashiga ko‘maklashish, shuningdek, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvlarda yoshlar tomonidan bildirilgan savol va takliflar tinglanib, mavjud kamchiliklar o‘rganildi. Shuningdek, yoshlarga kasb-hunar egallash, chet tillarini o‘rganish, bandligini ta’minlash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha manzilli ishlarni amalga oshirish yuzasidan tegishli maslahat va tavsiyalar berildi.

🖼 Qo'shimcha rasmlar (9)