
Mening dadam – Vatan himoyachisi mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti talabalari, dekan o‘rinbosarlari, yo‘nalish tyutorlari hamda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i B.Ishmuradov boshchiligida Kattaqo‘rg‘on shahridagi 02855-sonli harbiy qismga tashrif buyurdi.
Harbiy xizmatchilar ishtirokida “Mening dadam – Vatan himoyachisi” mavzusida uchrashuvlar va davra suhbatlari tashkil etildi. Tadbir davomida yoshlar harbiy xizmat haqidagi tasavvurlarini kengaytirib, unda faxr va mas’uliyat tuyg‘ularini shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, ishtirokchilar harbiy xizmatchilarning kundalik faoliyati, jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlari bilan tanishdi, zamonaviy harbiy texnika va qurol-aslahalar namoyishini kuzatdilar. Uchrashuv davomida yoshlar harbiy xizmatchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, xizmat jarayoni, harbiy kasbning mas’uliyati va sharafi haqida bevosita ma’lumot oldilar.







