
Kattaqörğon davlat pedagogika instituti Xorijiy tillar kafedrasi mudiri, filologiya fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) Ruziyeva Nasiba Kenjayevnaning “PROFESSOR VLADIMIR GRIGORYEVIÇ GAKNING LINGVISTIK MEROSI: LISONIY-KOGNITIV TAHLIL” nomli monografiyasi naşr etildi.
Mazkur monografiyada taniqli tilşunos olim V.G. Gakning fransuz orfografiyasiga oid tizimli-sinxron qaraşlari, çet tillarini öqitiş amaliyotidagi funksional yondaşuvlari hamda fransuz tilida söz yasaş jarayonida oğzaki nominal konvertatsiyaning tabiatini yoritişga qaratilgan noanʼanaviy konsepsiyalari tizimli ravişda tahlil qilingan. Tadqiqotda olimning ilmiy merosining lisoniy va kognitiv rivojlaniş xususiyatlari, şuningdek, qiyosiy-struktur jihatlari keng yoritib berilgan.
Monografiya xorijiy tillarni mukammal egallagan malakali mutaxassislarni tayyorlaş jarayonida muhim ilmiy manba bölib xizmat qiladi. Şuningdek, çet tillarini öqitiş metodikasini takomillaştiriş, hozirga qadar yetarliça örganilmagan V.G.Gakning konseptual yondaşuvlarini hisobga olgan holda Özbekistonda xorijiy tillarni öqitiş tizimini rivojlantiriş uçun muhim ilmiy-amaliy zamin yaratadi.