Vatan himoyachilari kuni tantanali nishonlandi
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 34 yilligi munosabati bilan “Milliy armiyamiz – Yangi O‘zbekiston poydevori” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Bayram tadbirida institut rahbariyati, faxriy o‘qituvchilar, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbirni institut rektori Sherzod Urakov ochib berib, ishtirokchilarni ushbu ulug‘ bayram bilan tabrikladi hamda Vatan himoyachilarining mamlakat taraqqiyoti va tinchligini ta’minlashdagi muhim o‘rnini alohida ta’kidladi.
Shundan so‘ng, ta’lim va tarbiya sohasidagi fidokorona mehnatlari uchun bir guruh faxriy o‘qituvchilarga institut rektorining “Faxriy yorlig‘i” hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Bayram tadbiri talabalar va san’at namoyondalarining badiiy chiqishlari, ona Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar bilan yanada ko‘tarinki ruhda davom etdi.











