
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-173-sonli “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tartibini o‘tkazish to‘g‘risida” Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida professor-o‘qituvchilar ishtirokida seminar-trening tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonining mazmun-mohiyati, uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni hamda ro‘yxatga olishning asosiy bosqichlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shu bilan birga, ro‘yxatga olishning census.stat.uz platformasi orqali amalga oshirilishi tartibi ham tushuntirildi. Seminar-trening ishtirokchilarning ro‘yxatga olish jarayoni bo‘yicha bilimlarini kengaytirdi.





