Institutimiz jamoasi aholini ro‘yxatga olish jarayonida faol ishtirok etmoqda
2026-yil 15-yanvar kuni soat 00:00 dan O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning onlayn bosqichi boshlandi. Mazkur muhim davlat tadbirida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti jamoasi ham faol ishtirok etib, aholini ro‘yxatga olish jarayonlarini samarali tashkil etish, talabalarga tushuntirish berish va amaliy ko‘mak ko‘rsatish borasida munosib hissa qo‘shmoqda.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun fuqarolar dastlab OneID yagona identifikatsiya tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tib, shundan so‘ng census.stat.uz portali orqali onlayn shaklda aholini ro‘yxatga olish jarayonida ishtirok etishlari mumkin. Mazkur onlayn bosqich 17 kun davom etadi hamda xorijda vaqtincha yoki doimiy istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz uchun ham ochiq.
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti jamoasi barcha fuqarolarni aholini ro‘yxatga olish kabi muhim davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan tadbirda faol ishtirok etishga chorlaydi.






