Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo'lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Kattaqo'rg'on davlat pedagogika institutiKattaqo'rg'on davlat pedagogika instituti
☰
Institut
Yangiliklar
Tuzilma
Faoliyat
Qabul
Talabalarga
Grantlar
Korrupsiyaga qarshi kurashBitiruvchi kasbiy kompetensiyalarini baholash
Bitiruvchi kasbiy kompetensiyalarini baholash
← Orqaga
YAKUNIY NAZORAT IMTIHONLARI SHAFFOFLIK VA ADOLATLILIK MEZONLARI ASOSIDA O‘TKAZILMOQDA

YAKUNIY NAZORAT IMTIHONLARI SHAFFOFLIK VA ADOLATLILIK MEZONLARI ASOSIDA O‘TKAZILMOQDA

20.01.2026 soat 15:35YangiliklarMatbuot17

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida yakuniy nazorat imtihonlari shaffoflik va adolatlilik tamoyillari asosida tashkil etilmoqda. Yakuniy nazorat imtihonlariga talabalarni kiritish faqat shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar – talaba ID-kartasi (1–3-bosqich talabalari uchun), pasport, ID-karta yoki haydovchilik guvohnomasi taqdim etilgandan so‘ng amalga oshiriladi.
Shuningdek, talabalarning turli texnik vositalardan, jumladan, uyali aloqa vositalari, mikro quloqchinlar hamda ko‘chirmachilikka olib keluvchi boshqa qurilmalardan foydalanishining oldini olish maqsadida imtihon xonalariga kirishda metall detektorlar orqali tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Bundan tashqari, yakuniy nazorat imtihonlari jarayonini keng jamoatchilik institutning rasmiy veb-sayti – https://katdpi.uz/ — orqali joylashtirilgan maxsus havola orqali bevosita onlayn kuzatishi mumkin.

🖼 Qo'shimcha rasmlar (5)