
INSTITUTIMIZ OLIMINING SCOPUS BAZASIGA KIRUVCHI JURNALDA MAQOLASI CHOP ETILDI
19.01.2026 soat 12:48Ilmiy faoliyat yangiliklariMatbuot16
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Raqamli texnologiyalar va iqtisodiyot kafedrasi assistenti O.Q. Sag‘dullayevning ilmiy maqolasi Scopus xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasiga kiritilgan Q2 kvartilga mansub “Applied Mechanics” jurnalida chop etildi.
“Muhitda o‘zgaruvchan gidrodinamik dispersiyaga ega bo‘lgan g‘ovak muhitda parchalanadigan moddaning tarqalishi” (“Degradable Solute Transport in Porous Media with Variable Hydrodynamic Dispersion”) mavzusidagi ushbu maqolada zamonaviy matematik modellashtirish va amaliy mexanika masalalariga oid dolzarb ilmiy natijalar bayon etilgan.


