
Mening mahallam – mening faxrim
03.02.2026 soat 13:09TashriflarMatbuot6
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti talabalari va professor-o‘qituvchilari Kattaqo‘rg‘on shahridagi Damariq va Navbahor mahallalariga tashrif buyurib, mahalla yettiligining faoliyati bilan tanishdilar.
Tashrif davomida mahallalarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-ma’naviy ishlar, aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan tashabbuslar, shuningdek, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Mazkur uchrashuv talabalarda mahalla tizimining jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatini chuqurroq anglash, fuqarolik faolligini oshirishga xizmat qildi.






