
TALABALAR BILAN PROFILAKTIK SUHBAT O‘TKAZILDI
03.02.2026 soat 16:27UchrashuvlarMatbuot12
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti 1-kurs matematika yo‘nalishi talabalari ishtirokida profilaktik suhbat tashkil etildi.
Uchrashuvda institut profilaktika inspektori Xolbek Xaydarov, fakultet dekan o‘rinbosari Baxodir Yo‘ldashev hamda tyutor Abror Jabborov qatnashdi.
Suhbat davomida yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash, ekstremizm va terrorizmning jamiyat hamda inson hayotiga salbiy oqibatlari, qonun oldidagi javobgarlik, shuningdek, ma’naviy immunitetni mustahkamlash masalalari atroflicha tushuntirildi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.



