
“Ma’rifat ulashib”: ijodkorlar bilan uchrashuv
10.10.2026 soat 10:38Ma'rifat ulashibYoshlar bilan ishlash, ma'naviyat-ma'rifat bo'limi1601 daqiqada o'qiladi
Kattaqo‘rg‘on davlat
pedagogika institutida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida el
ardog‘idagi ijodkorlar – Baxtiyar Genjemuratov, Rustam Musurmon, Masihulloh
Madaminov hamda Xosiyat Bobomurodova bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.




Tadbirda ijodkorlarning
hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan videolavhalar namoyish etildi. Talabalar
adiblar asarlaridan namunalar o‘qib berdilar. Ijodkorlar ham o‘z asarlaridan
parchalar o‘qib eshittirib, talaba-yoshlarning savollariga javob qaytardilar.
Suhbat davomida bugungi adabiy jarayon, davlatimiz rahbari tomonidan ijodkorlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va yaratilayotgan sharoitlar, shuningdek, yoshlarning ta’lim olishi, iste’dod va qobiliyatlarini namoyon etishi uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi.

Suhbat davomida bugungi adabiy jarayon, davlatimiz rahbari tomonidan ijodkorlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va yaratilayotgan sharoitlar, shuningdek, yoshlarning ta’lim olishi, iste’dod va qobiliyatlarini namoyon etishi uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi.



Shuningdek,
loyiha doirasida institut hududida daraxt ko‘chatlari ekildi. Unda institut
rahbariyati va mehmon ijodkorlar ishtirok etib, institut hududini
ko‘kalamzorlashtirishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Shundan so‘ng, ijodkorlar Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 40-, 41- va 42-umumta’lim
maktablarida bo‘lib, o‘quvchilar hamda pedagoglar bilan ijodiy-ma’rifiy
uchrashuvlar o‘tkazdilar.
Uchrashuvlarda yosh avlodning ma’naviy kamolotini yuksaltirish, vatanparvarlik
tuyg‘usini mustahkamlash va milliy-qadriyatlarni targ‘ib etish masalalariga
alohida e’tibor qaratildi. O‘quvchilar faol ishtirok etib, o‘zlarini
qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar hamda ijodkorlar bilan fikr
almashish orqali ma’naviy dunyoqarashlarini boyitdilar.












