
Talabamiz “Yosh kitobxon” tanlovining Kattaqo‘rg‘on shahar bosqichida g‘olib bo‘ldi
06.02.2026 soat 10:58YangiliklarMatbuot13
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti talabasi Gulnoza Yusupova “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tashkil etilgan “Yosh kitobxon” tanlovining Kattaqo‘rg‘on shahar bosqichida ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Mazkur yutuq talabaning kitobga bo‘lgan yuksak qiziqishi, izchil mutolaa madaniyati hamda mustahkam bilim va tafakkurining yorqin samarasi hisoblanadi. Bunday natijalar yoshlarimizni ilm-fan, kitobxonlik va yuksak maqsadlar sari intilishga ruhlantirib, ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Institut jamoasi Gulnoza Yusupovani ushbu yuksak yutug‘i bilan tabriklab, kelgusidagi o‘qish va ijodiy faoliyatida yanada katta muvaffaqiyatlar tilaydi.


