GIYOHVANDLIK ¬– UMR ZAVOLI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-son Farmonining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan giyohvandlik va narkojinoyatlarning barvaqt oldini olish hamda ularga qarshi kurashish chora-tadbirlari ijrosini ta’minlash maqsadida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutda ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbir doirasida Pedagogika, Aniq va tabiiy fanlar hamda Filologiya va ijtimoiy fanlar fakultetlari talabalari o‘rtasida “Giyohvandlik – umr zavoli” shiori ostida sahna ko‘rinishlari tanlovi o‘tkazildi.
Bellashuv davomida talaba-yoshlar giyohvandlikning salbiy oqibatlari, uning inson salomatligi va jamiyat hayotiga yetkazadigan zararini badiiy ifoda vositalari orqali yoritib berdilar. Tadbir yoshlarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ularni turli yot illatlardan asrash hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qildi.








