
Kattaqörğon davlat pedagogika institutida Boşlanğiç kasaba uyuşmasi qömitasi hamkorligida xotin-qizlar professor-öqituvçilari örtasida voleybol sport turi böyiça “Rektor kubogi” musobaqasi taşkil etildi.
Mazkur sport tadbiri jismoniy tarbiya va soğlomlaştiriş işlarini yanada rivojlantiriş, ommaviy sportni keng tarğib qiliş, jamoaviylik muhitini mustahkamlaş, ğalabaga intiliş va soğlom raqobat tamoyillarini qaror toptiriş, şuningdek, professor-öqituvçilar örtasida soğlom turmuş tarzini şakllantiriş maqsadida ötkazildi.
Musobaqa davomida iştirokçilar sportga bölgan qiziqiş va yuqori tayyorgarlik darajasini namoyon etib, jamoaviy hamkorlik, hamjihatlik va sport madaniyatining yuksak namunalarini körsatdilar.
Musobaqa yakunlariga köra, 1-örinni Rektorat jamoasi qölga kiritdi. 2-örinni Aniq va tabiiy fanlar fakulteti jamoasi egalladi. 3-örin esa Filologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti professor-öqituvçilariga nasib etdi. Ğolib va sovrindor jamoalar taşkilotçilar tomonidan munosib taqdirlandi.