
Institutda talabalar o‘rtasida futbol ligasi musobaqasi bo‘lib o‘tdi
18.02.2026 soat 09:41Sport klubiMatbuot19
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish hamda jamoaviylik ruhini mustahkamlash maqsadida futbol ligasi musobaqasi tashkil etildi.
Mazkur musobaqada jamoalar o‘zaro bellashib, yuqori sport mahorati, faollik va g‘alabaga bo‘lgan intilishni namoyon etdilar.
Bellashuvlar do‘stona ruhda, shu bilan birga yuqori raqobatbardoshlik sharoitida tashkil etilib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat va unutilmas taassurotlar ulashdi.
Bunday sport tadbirlari talabalarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish hamda ta’lim muassasasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.




