Yoshlar kengashi va rahbariyat uchrashuvi o‘tkazildi
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Yoshlar Kengashi va rahbarlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda institut rektori Sh.Urakov, prorektorlar, Yoshlar yetakchisi, guruh va yo‘nalish koordinatorlari hamda talabalar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida institut rektori so‘zga chiqib, ta’lim muassasasida talaba-yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Jumladan, talabalarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, innovatsion g‘oya va startap loyihalarni amalga oshirish uchun yaratilgan sharoitlar alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, xalqaro grantlar va loyihalarda ishtirok etish imkoniyatlari, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, zamonaviy innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yuzasidan atroflicha fikr yuritildi. Uchrashuv ochiq muloqot tarzida tashkil etilib, talabalarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.
Mazkur uchrashuv yoshlarning faolligini oshirish, ularni ilmiy va ijtimoiy hayotga keng jalb etish hamda institutda olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini yanada yuksaltirishga qaratildi.






