
Kattaqörğon davlat pedagogika institutida juma kuni “Milliy liboslar kuni” munosabati bilan talabalar milliy kiyimlarda institutga taşrif buyurdilar. Ular atlas, adras va boşqa milliy matolardan tikilgan liboslarda öziga xos rang-baranglik va milliylik ruhini namoyon etdilar. Mazkur tadbir yoşlarimizda milliy qadriyatlarimizga hurmat va ehtirom tuyğusini yanada mustahkamlaş, boy anʼana va urf-odatlarimizni asrab-avaylaşga xizmat qildi.
Talabalar va professor-öqituvçilar faol iştirok etgan uşbu kun fakultetimizda öziga xos fayz va nafosat muhitini yaratdi.