Rektor iqtidorli talabalar bilan uchrashdi
Shavkat Mirziyoyevning Ko‘ksaroy qarorgohida yoshlar bilan ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishga bag‘ishlangan ochiq muloqoti davomida har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” sifatida tashkil etilishi belgilangan.
Mazkur tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti rektori Sherzod Urakov iqtidorli talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida talabalar tomonidan ilgari surilayotgan tashabbuslar, startap loyihalar taqdimotlari tinglandi hamda ularning muammo va takliflari muhokama qilindi. Rektor tomonidan yoshlarning g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.









