Talabalarning moliyaviy savodxonligini oshirishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarning moliyaviy huquqbuzarliklar hamda yashirin iqtisodiyotga nisbatan murosasiz munosabatini shakllantirish, ularning moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida “Moliyaviy savodxonlik” mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminarda institut bosh auditori A.Quvondiqov hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Elbek Xudoyqulov ishtirok etib, talabalarga moliyaviy intizom, huquqbuzarliklarning oldini olish, shuningdek yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishning ahamiyati haqida atroflicha ma’lumot berdi.
Tadbir davomida talaba-yoshlarga moliyaviy savodxonlikni oshirish, qonunchilikka hurmat ruhida faoliyat yuritish hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish muhimligi alohida ta’kidlandi.


