“Yoshlar – giyohvandlikka qarshi!” mavzusida “Eng yaxshi insho” tanlovining fakultetlar bosqichi o‘tkazildi
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Yoshlar – giyohvandlikka qarshi!” mavzusida talabalar o‘rtasida “Eng yaxshi insho” tanlovining fakultetlar bosqichi o‘tkazildi. Mazkur tanlov talaba-yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlik illatining salbiy oqibatlari haqida keng tushuncha berish hamda ularning bu illatga nisbatan murosasiz munosabatini shakllantirish maqsadida tashkillashtirildi.
Tanlov jarayonida talabalar o‘z ijodiy ishlari orqali giyohvandlikning jamiyat va inson salomatligiga yetkazadigan zararli ta’siri, yoshlar kelajagi uchun uning naqadar xavfli ekani haqida o‘z fikr-mulohazalarini bayon etdilar. Ishtirokchilarning insholari mazmun-mohiyati, dolzarbligi, badiiy ifodasi hamda mavzuning ochib berilish darajasiga ko‘ra baholandi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, 1–3-o‘rinlarni egallagan talabalar tanlovning institut bosqichida ishtirok etadi.








