
Rektor talabalar turar joyida bo‘lib talabalar bilan suhbatlashdi
29.03.2026 soat 11:32YangiliklarMatbuot12
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti rektori Sherzod Urakov “Rektor yotoqxonada – bir kun, bir tun” loyihasi doirasida talabalar turar joyida bo‘lib, u yerda talabalar bilan bevosita uchrashuv va suhbatlar olib bordi.
Uchrashuv davomida talabalarning yotoqxonadagi yashash sharoitlari, kundalik hayoti, muammo va ehtiyojlari bilan yaqindan tanishildi. Rektor talabalar bilan ochiq va samimiy muloqot qilib, ularning fikr-mulohazalari va takliflarini tingladi, joyida yechilishi mumkin bo‘lgan masalalarni belgiladi.
Shuningdek, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.





