
Talabalar Buxoroning boy tarixiy merosi bilan yaqindan tanishdilar
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-dekabrdagi 70-sonli majlis bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti dekan o‘rinbosari Feruz Ismatov hamda yo‘nalish tyutorlari boshchiligida Filologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari “Moziyga sayohat” dasturi doirasida Buxoro shahriga tashrif buyurib, qadimiy tarixiy obidalarni ziyorat qildilar.
Ushbu sayohatning asosiy maqsadi talaba-yoshlarning boy tarixiy merosimiz, milliy qadriyatlarimiz hamda ajdodlarimiz qoldirgan bebaho obidalar bilan yaqindan tanishishini ta’minlashdan iborat bo‘ldi.
Sayohat davomida talabalar Buxoro shahrining qadimiy va diqqatga sazovor maskanlari, tarixiy-me’moriy yodgorliklari bilan yaqindan tanishib, ularning yaratilish tarixi, madaniy ahamiyati hamda bugungi kundagi o‘rni haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Bu esa yoshlarning tarixiy tafakkurini kengaytirish, milliy o‘zlikni anglash hissini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Mazkur tashrif talabalarda yurtimiz tarixiga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ma’naviy dunyoqarashini boyitishda muhim ahamiyat kasb etdi. “Moziyga sayohat” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan bunday tadbirlar yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalashga xizmat qilmoqda.










