
Erta tong badantarbiya bilan boshlanadi: Talabalar salomatligi va kayfiyati uchun
31.03.2026 soat 14:03Yoshlar ittifoqi faoliyatiMatbuot13
Har kuni erta tongdan Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti talabalar turar joyida kun ko‘tarinki kayfiyatda boshlanadi. Talabalar sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy chiniqish va salomatliklarini mustahkamlash maqsadida muntazam ravishda badantarbiya mashg‘ulotlarini bajarib kelmoqda.
Bunday mashg‘ulotlar talabalarga kunni tetiklik va ijobiy ruhda boshlash, shuningdek, faol va samarali ta’lim olishlariga zamin yaratadi.




