“Rektor kubogi” uchun “Zakovat” intellektual o‘yinlariga start berildi
02.04.2026 soat 18:06Yoshlar ittifoqi faoliyatiMatbuot5
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Rektor kubogi” uchun “Zakovat” intellektual o‘yinlariga start berildi
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida talabalarning intellektual salohiyatini oshirish, fakultetlararo sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish hamda yoshlarni doimiy bilim olishga yo‘naltirish maqsadida an’anaviy “Rektor kubogi” bahslari boshlandi.
Mazkur bellashuvlar talaba-yoshlarning mantiqiy fikrlash doirasini kengaytirish bilan birga, ularning jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Hozirda institutning barcha fakultetlaridan saralangan bilimdon jamoalar bosh sovrin uchun o‘zaro bahs olib bormoqdalar.


