
Kattaqörğon davlat pedagogika institutida Kattaqörğon tumanidagi 100-umumtaʼlim maktabining bitiruvçi sinf öquvçilari uçun “Oçiq eşiklar kuni” tadbiri taşkil etildi.
Tadbir davomida öquvçilar institutning zamonaviy auditoriyalari, kutubxona, sport zallari va laboratoriya markazlari bilan yaqindan tanişdilar. Şuningdek, yoşlarga mavjud taʼlim yönalişlari, qabul tartibi va talabalar uçun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumot berildi.
Uşbu uçraşuv bitiruvçilarning kasb tanlaş jarayonida töğri qaror qabul qilişlariga xizmat qiladi.